Britaniya parlamenti hukumatning “Brexit” jarayonidagi harakatini toraytirmoqda

Buyuk Britaniya parlamenti “Brexit” kelishuvi rad etilgudek bo’lsa unda hukumatning keyingi rejasini 3 kun ichida taqdim etishi haqidagi taklifini qabul qildi.

1122872
Britaniya parlamenti hukumatning “Brexit” jarayonidagi harakatini toraytirmoqda

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishini ko’zda tutgan “Brexit” kelishuvi rad etilgudek bo’lsa unda hukumatning navbatdagi “B rejasini” 3 kun ichida taqdim etishi haqidagi taklifini qabul qildi.

Bosh vazir Theresa May taklif qilgan va Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishini qo’llab-quvvatlagan “Brexit” kelishuvi kelasi hafta parlamentda ovozga qo’yilmoqchi. Kelishuv buning natijasida parlament deputatlari tomonidan rad etilgudek bo’lsa unda hukumatning qanday yo’l kuzatishi haqida parlamentga ma’lumot berishi uchun 3 kunlik vaqt tanigan taklif, 297 ovozga qarshi 308 ovoz bilan qabul qilindi.

Siyosiy kuzatuvchilarning fikriga ko’ra parlament, bu qaror orqali hukumatning “Brexit” jarayonidagi erkin say-harakatini ma’lum darajada toraytirgan.

Bosh vazir Theresa May parlamentda har hafta davom etgan “Bosh vazirga savol ber” deb nomlangan majlisda deputatlar savoliga javob berdi.

Mazkur majlisda deputatlardan birining, Britaniya rasmiylarining Bryusselda “Brexit” kunini keyingiga qoldirish uchun atrof-muhit fikrini o’rganishga harakat qilganligi haqidagi xabarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi haqidagi savoliga qarshi Bosh vazir May, “Britaniya 29-mart kuni Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqadi” deb javob berdi.

“Brexit” kelishuvi 15-yanvar kuni parlamentda ovozga qo’yiladi. Lekin ozchilik hukumatiga Bosh vazirlik qilgan Theresa Mayning bundan salbiy natija olishi aniq degan fikrlar bor.

Aytib o’tish joizki Britaniya 2016-yilning 23-iyuni kuni bo’lib o’tgan umumxalq referendumida, Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqish haqida qaror qabul qilgan.

Lissabon shartnomasining 50-moddasi asosida Britaniyaga berilgan 2 yillik muddat 29-mart kuni o’z nihoyasiga yetadi va natijada mamlakat ittifoqdan rasmiy ravishda chiqib ketadi.



Aloqador xabarlar