Eron Gollandiya va Daniyani terroristlarga yordam berganlikda aybladi

“Eronni ayblash Yevropani terroristlarga boshpana berish javobgarligidan qutqarmaydi”,-dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

1122044
Eron Gollandiya va Daniyani terroristlarga yordam berganlikda aybladi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Tehron hukumatiga qarshi bayonot bergan Gollandiya va Daniyani terroristlarga yordam berganlikda aybladi.

“Eronni ayblash Yevropani terroristlarga boshpana berish javobgarligidan qutqarmaydi”,-dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

U internet tarmoqlari orqali Daniya, Gollandiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarining “12 ming eronlikni qatl etgan va Saddamning iroqlik kurdlarga qarshi sodir etgan jinoyatlariga sherik bo’lgan Xalqning mujohidlari tashkiloti bilan begunoh eronliklarni o’ldirgan Yevropadagi boshqa terroristlarga homiylik qilganligini ilgari surdi.

Gollandiya xavfsizlik va razvedka tashkilotining yozma bayonotida, mamlakatda 2015 va 2017 yillarda Eron millatiga mansub kishilarga nisbatan suiqastlar Eron bilan yaqindan aloqador ekanligiga doir dalillar borligi ma’lum qilingandi.

Gollandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok mavzuga doir yozma bayonotida, Gollandiyaning taklifiga binoan, Yevropa Ittifoqi kecha Eron razvedka xizmatiga va ba’zi rahbarlarga sanksiya joriy etishga qaror berganligini bildirib, bu kishilarning Yevropadagi mol-mulki muslatilishiga va yevropaga sayohat qilishi man qilinishiga qaror berilganligini ma’lum qilgandi.

Daniya tashqi ishlar vaziri Anders Samuelsen esa, Yevropa Ittifoqi Eron razvedka xizmatiga sanksiya joriy etishini bildirib, shunday degan edi:

“Bu Yevropa tashqi siyosati uchun muhim g’alaba. Yevropa Ittifoqi Eron razvedka xizmatiga Yevropa hududlarida suiqasd rejasini tuzganligi uchun sanksiya qo’llashga qaror berdi. Yevropa Ittifoqida bunday harakatlarga o’rin yo’qligini ko’rsatish uchun mukammal qaror”,-dedi.

Eron esa, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Daniya va Fransiya kabi davlatlarni Xalqning mujohidlari tashkiloti, Al Ahvaziya tashkiloti va boshqa qurolli muholif guruhlarga yordam berganlikda ayblamoqda.

Eslatma: Eron tomonidan terror tashkiloti deb baholangan Arap kurashi harakati asoschisi Ahmad Mulla Nissi 2017 yil 8 noyabr kuni Gollandiyaning Lahey shahridagi uyi oldida, Xalqning mujohidlari tashkiloti a’zosi Muhammad Samadiy esa 2015 yil 15 dekabr kuni Almere shahrida suiqasdga uchragan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Yevropa Ittifoqi , #Daniya , #Gollandiya

Aloqador xabarlar