Kobulda hokimiyat binosiga sodir etilgan hujumda 29 kishi halok bo’ldi

Ta’kidlanishicha, hokimiyat xodimlarining ba’zilari bino ichida yashirinishga ulgurgan, 357 nafar xodim binodan evakuatsiya qilingan.

1113040
Kobulda hokimiyat binosiga sodir etilgan hujumda 29 kishi halok bo’ldi

 

Kecha 24 dekabr kuni Afg’oniston poytaxti Kobulda hokimiyat binosiga sodir etilgan hujumda 29 kishi halok bo’ldi, 23 kishi yaralandi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi xodimi Najib Danish ma’lum qildi.

Uning ma’lumotiga ko’ra, bir guruh jangari hokimiyat binosi oldida bomba joylashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan, so‘ngra otishma boshlangan. Jangarilar yuzaga kelgan vahimadan foydalanib, bino ichiga bostirib kirishga muvaffaq bo’lishgan.

Voqeada 29 kishi o’ldirilgan, 23 kishi yaralangan. Halok bo’lganlarning aksariyati tinch aholi vakillaridan iborat ekanligi aytilmoqda.

Xavfsizlik kuchlari hokimiyat binosini har tomondan o’rab olgan.

Ta’kidlanishicha, hokimiyat xodimlarining ba’zilari bino ichida yashirinishga ulgurgan, 357 nafar xodim binodan evakuatsiya qilingan.

Voqea joyida qurollangan 3 jangari o’ldirilgan.

Guvohlarning aytishicha, hokimiyat binosining bir bo’limi yona boshlagan va jangarilar bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasidagi otishmalar paytida kamida 5 marta ketma-ket portlash ovozi eshitilgan.

Otishmalarda halok bo’lganlardan biri politsiya xodimi, qolganlari esa, tinch aholi vakillari ekanligi aytilmoqda. Shu bilan birga, 23 yaradordan 3 nafari politsiya xodimi.

Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech qaysi terror guruhi o‘z zimmasiga olmagan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #hujum , #hokimiyat

Aloqador xabarlar