Indoneziyaning Sunda bo’g’ozida sodir bo’lgan tsunami falokatida qurbonlar soni 281 kishiga yetdi

Mahalliy aholi tsunamiga qarshi oldindan ogohlantirish tizimi ishlamaganligidan shikoyatchi. Shu tufayli qurbonlar yuzaga kelganligini va bu o’limlardan hukumat vakillari javobgar ekanligini ta’kidlamoqdalar.

1112482
Indoneziyaning Sunda bo’g’ozida sodir bo’lgan tsunami falokatida qurbonlar soni 281 kishiga yetdi
endonezya tsunami2.jpg
endonezya tsunami1.jpg

Indoneziyaning Sunda bo’g’ozida sodir bo’lgan tsunami falokatida qurbonlar soni 281 kishiga yetdi.

Mahalliy tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi kotibi Sutopo Purvo Nugroho ma’lum qilishicha, Sumatra va Java oroli o’rtasida joylashgan Sunda bo’g’ozida ro’y bergan tsunamida halok bo’lganlar soni 281 kishiga yetgan, yaradorlar soni esa, 1016 kishini tashkil qiladi.

Tsunami oqibatida 57 kishi bedarak yo’qolganligini bildirgan Nugroho Anak Krakatau vulqonining uyg’onishi tufayli, xalqni ehtimoliy tsunami tahlikasiga qarshi ogohlantirdi. Xalqni sohil hududlaridan uzoq turishga chaqirdi.

Mamlakat miqyosida ba’zi hududlardagi tsunamiga qarshi ogohlantiruv signali chalinganligini bildirgan Nugroho, 2012 yildan beri tsunamiga qarshi ommaviy ogohlantiruv tizimida muammo borligini aytib, bu tizimni darhol yangilash kerakligini tilga oldi.

Mahalliy aholi tsunamiga qarshi oldindan ogohlantirish tizimi ishlamaganligidan shikoyatchi. Shu tufayli qurbonlar yuzaga kelganligini va bu o’limlardan hukumat vakillari javobgar ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom etmoqda. Bugungacha 3 mingdan ziyod aholi boshqa joylarga ko’chishga majbur bo’ldi.

Tegishli vakillarning aytishicha, hududda joylashgan Anak Krakatau vulqonining uyg’onishi oqibatida tsunami falokati yuzaga kelgan.

Ohirgi paytlarda vulqonning tez-tez harakatlanishi tufayli, sentyabr oyida ikkinchi darajali trevoga berilgan edi.

Eslatma: Shu yilning 28 sentyabr kuni Sulavesi orolidagi Palu ko’rfazida sodir bo’lgan 7.5 magnitudali zilzila va ortidan yuzaga kelgan tsunami falokatida 2 mingdan ziyod aholi nobud bo’lgan edi, 1500 ga yaqin inson bedarak yo’qolgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #tsunami , #vulqon

Aloqador xabarlar