Mahmud Abbas, Isroil bilan tuzilgan shartnomalarni ko'zdan kechirishini bildirdi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbas, Isroil bilan tuzilgan shartnomalarni ko'zdan kechirishini bildirdi.

1111894
Mahmud Abbas, Isroil bilan tuzilgan shartnomalarni ko'zdan kechirishini bildirdi

 

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbas, Isroil bilan tuzilgan shartnomalarni ko'zdan kechirishini bildirdi.

Ramallahda Falastinlik amaldorlar qatnashgan bir yig'ilishda so'zlagan Abbas, Falastin boshqaruvining, avvalambor Isroil bilan tuzilgan shartnomalarni ko'zdan kechirish bo'lib Falastin Ozodlik Tashkilotiga bog'li Markaziy Kengash va Falastin Milliy Majlisining qarorlarini tatbiq etishga boshlaganini bildirdi.

Abbas, Falastin konstitutsiya mahkamasining Falastin Majlisini bekor qilganini va 6 oy ichida saylov o'tkazishga chaqirganini ma'lum qildi.

Isroil bilan tuzilgan shartnomalar orasida daslab iqtisodiy mavzular bilan aloqali Parij shartnomasining ko'zdan kechirilishini qayd etgan Abbas, shartnomaga o'zgarish kiritish yohud bekor qilishni tabal qilganliklarini bildirdi.

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trumpning, Falastin-Isroil kelishmovsizligini o'zicha "yechim topish"ni kun tartibiga keltirgan "Asrning Shartnomasi"ni rad etganini qayta tilga olgan Abbas, durust va betaraf bo'lmaganini ilgari surib AQSh bilan dialogni ham rad etganini ma'lum qildi.

Abbas, "AQSh boshqaruvini rad etishni" davom ettirishlarini bildirdi.

Falastin davlatining xalqaro jazo mahkamasi va INTERPOLga (Xalqaro Kriminal Xavfsizlik Tashkiloti) a'zo bo'lgani kabi boshqa xalqaro tashkilotlarga ham a'zo bo'lishni surdirishini izohlagan Abbas, bu oy Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) toliq a'zolik va Falastinni xalqaro ko'lamda qo'riqlash uchun murojaat etishlarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar