Hindistonning Mumbay shahridagi bir shifoxonada yong’in sodir bo’ldi

Andheri dahasida joylashgan 4 qavatli ESIC Kamgar shifoxonasida ro’y bergan yong’inda 8 kishi halok bo’ldi, 147 kishi yaralandi.

1109418
Hindistonning Mumbay shahridagi bir shifoxonada yong’in sodir bo’ldi

Kecha Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan bir shifoxonada yong’in sodir bo’ldi.

Yong’in oqibatida qurbonlar soni 8 kishiga yetdi.

Hindiston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Andheri dahasida joylashgan 4 qavatli ESIC Kamgar shifoxonasida ro’y bergan yong’inda 8 kishi halok bo’ldi, 147 kishi yaralandi. Yaradorlar orasida shifoxona xodimlari ham bor.

O’t o’chiruvchilar xizmati ma’lum qilishicha, shifoxonaning uchinchi qavatida ro’y bergan yong’in tezda boshqa qavatlargacha tarqalgan. Qurbonlar orasida bir chaqaloqning ham borligi aytilmoqda.

Shifoxona binosi tez vaqt ichida qalin tuman bilan qoplangan. Yong’inda yaralangan 140 kishi boshqa shifoxonalarga yotkizilgan. Bulardan 25 nafari og’ir ahvolda.

Yong’inning kelib chiqish sabablari ma’lum emas.

Ikki hafta oldin shifoxona ehtimoliy yong’inga qarshi tekshiruvdan o’tkazilgan edi. Biroq, tekshiruvlarda shifoxona ehtimoliy yong’in holatlariga qarshi yaroqsiz deb topilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Mumbay hokimi Vishwanath Mahadeshwar voqea yuzasidan tergov yuritilishini va javobgarlar tegishli jazoga tortilishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Mumbay , #shifoxona , #yong'in

Aloqador xabarlar