Fransiyadagi hujumni DEASh o’z bo’yniga oldi

Fransiya poytaxti Parijdagi hujumni DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga oldi.

1106865
Fransiyadagi hujumni DEASh o’z bo’yniga oldi

Hujumni DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga oldi

Fransiyaning Strasbourg shahrida, o’tgan haftaning seshanba kuni uyushtirilgan va Noel bozorini nishonga olgan hujum jinoyatchisi o’lik holatda qo’lga tushirildi.

Fransiya matbuotida o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra hujum jinoyatchisi ekanligi qayd etilgan 29 yoshidagi Cherif Chekkat, shahardagi Lazaret ko’chasida politsiya tomonidan uyushtirilgan amaliyot yordamida o’ldirilgan.

Aytib o’tish joizki Chekkatning singlisi kecha poytaxt Parijda nazorat ostiga olingan edi.

Shuningdek Fransiya matbuotida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra, hujumni DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga oldi.

Strasbourgning Kleber maydonida qurilgan Noel bozoriga yaqin nuqtada o’tgan haftaning seshanba kuni kechki payt qurol ovozlari eshitilgan edi.

Hujumchining hujum ortidan qochib ulgurganligi ifoda etilgan.

Parij prokurori Remy Heitz, hujumda 3 kishining jon berganligini, 12 kishining tan jarohati olganligini qayd etgan edi. Tan jarohati olganlardan 6 nafarining ahvoli og’ir.

Hujumchining politsiya tomonidan qidirilgan 29 yoshidagi Cherif Chekkat ekanligini belgilab o’tgan Heitz, shubhalining avval og’irlik va tajovuz ayblaridan Fransiya, Germaniya va Shveytsariyada Sud tomonidan 27 marotaba jazoga tortilganligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar