Ertaga Brusselda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sammiti o'tkaziladi

Sammitda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o’rtasida taxminan 1 yarim yildan beri davom etayotgan Brexit muzokaralari natijalari muhokama qilinadi.

1094148
Ertaga Brusselda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sammiti o'tkaziladi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning yetakchilari ertaga to’planadi.

Yevropa Ittifoqi sammitida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralish jarayoni Brexit muhokama qilinadi.

Belgiya poytaxti Brusselda bo’lib o’tadigan sammit Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida o’tkaziladi.

Sammitda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o’rtasida taxminan 1 yarim yildan beri davom etayotgan Brexit muzokaralari natijalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, sammitda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning yetakchilari 585 sahifalik bitimga imzo qo’yishi va Buyuk Britaniya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida kelgusida yo’lga qo’yiladigan munosabatlarni belgilovchi "siyosiy dekloratsiya”ni tasdiqlashi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar