Donald Trump, Qoshiqchi jinoyati haqqida "Dunyo iflos bir joy" dedi...

AQSh prezidenti Donald Trump, jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyati haqida, "Balki bundan butun dunyo mas'ul, chuki dunyo iflos bir joy" dedi.

1093540
Donald Trump, Qoshiqchi jinoyati haqqida "Dunyo iflos bir joy" dedi...

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump, jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyati haqqida, "Balki bundan butun dunyo mas'ul, chuki dunyo iflos bir joy" deb mulohaza bildirdi.

Xritsianlarning Shukron kuni munosabati bilan Floridadagi Mara-a Lago muassasasida matbuotga so'zlagan Trump, Washington Post muharriri Jamol Qoshiqchining 2- Oktyabr kuni, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh kunsolligida o'ldirilishi bilan aloqali savollarga javob berdi.

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammen bin Salmonni Qoshiqchi jinoyatidan mas'ul deyish uchun qoniqatli dalil bo'lmaganini ifoda etgan Trump, mavzuga doir "Muhammen bin Salmon balki bilar edi, balki bilmas edi" deb mulohaza bildirdi.

Tump, AQSh Markaziy Ravetka Tashkilotining (CIA) Qoshiqchini o'ldirish farmonini Muhammed bin Salmanning berganini belgilagani haqqida esa "Tashkilotning shubxalari bor lekin aniq bir natija yo'q" dedi.

Saudiya Arabistonining Yaqin sharqda "Katta yordamlari bo'lganini" ifoda etgan Trump, quyidagicha davom ettirdi: "Agar Saudiya Arabistoni bo'lmaganda,Yaqin sharqda ulkan harbiy bazamiz bo'lmas edi. Isroilga qarang, Saudiya Arabistoni bo'lmasa, Isroil muammolar ichida qolib ketar edi."



Aloqador xabarlar