Afg’onistondagi xudkushlik hujumi ko’pchilikning umriga zomin bo’ldi

Afg’oniston poytaxti Qobulda xudkushlik hujumi uyushtirildi va oqibatida 50 kishi jon berdi.

1092033
Afg’onistondagi xudkushlik hujumi ko’pchilikning umriga zomin bo’ldi

Afg’oniston poytaxti Qobulda Mavlud qandili munosabati bilan uyushtirilgan bir marosimda xudkushlik hujumi uyushtirildi va oqibatida 50 kishi jon berdi.

Sog’likni saqlash vazirligi Qobul aeroporti yo’lida, bir to’yxonada uyushtirilgan Mavlud qandili marosimini nisonga olgan xudkushlik hujumida 50 kishining jon berganligini ma’lum qildi.

Voqeada jon berganlardan tashqari 85 kishi tan jarohati olgan.

Ichki ishlar vazirligining qayd etishicha, xudkush ko’plab din olimi ishtirok etgan Mavlud qandili marosimida, ustidagi bombani portlatib yuborgan.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Harun Chaxansuriy, Prezident Ashraf G’anining hujumni keskin qoralaganligini va mamlakatda milliy motam kuni e’lon qilinganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar