Interpolga yangi rahbar saylandi

Janubiy koreyalik Kim Chon Yan Interpolning yangi rahbari etib saylandi.

1092454
Interpolga yangi rahbar saylandi

Interpolga yangi rahbar saylandi.

Janubiy koreyalik Kim Chon Yan Interpolning yangi rahbari etib saylandi.

Interpol bosh assambleyasida o‘tkazilgan saylovda Kim Chon Yan nomzodiga 98 a'zo ovoz bergan.

Kim Chon Yan hozirda Interpolning vitse-prezidenti bo’lgan rossiyalik raqibi general Aleksandr Prokopchukni raqobatda ortda qoldirdi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlari rossiyalik nomzod general Aleksandr Prokopchukning saylanishiga qarshi chiqayotgan edi.

Ular Rossiya Interpoldan doimiy ravishda ma'lumotlarni qo‘lga kiritish, siyosiy muxoliflar va jurnalistlarga tayziq o‘tkazishda foydalanib kelganini iddao qilgandi.

Eslatma: Interpolning sobiq rahbari xitoylik Men Xunvey Xitoyda qo’lga olingach, tashkilot rahbari lavozimidan iste'fo etgan edi.

Mamlakat hukumati uni korrupsiyada gumonlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Interpol , #yangi rahbar , #Kim Chon Yan

Aloqador xabarlar