BMT Qoshiqchini o'ldirganlarni adolatga topshirishga chaqirdi...

BMT Bosh kotibi Stephane Dujarric, Jamol Qoshiqchi jinoyatiga qo'l urganlarning hammasini adolatga topshirishga chaqirdi.

1089147
BMT Qoshiqchini o'ldirganlarni adolatga topshirishga chaqirdi...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Stephane Dujarric, Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatiga qo'l urganlarning hammasini adolatga topshirishga chaqirdi.

Dujarric, kundalik matbuot anjumanida Qoshiqchining o'ldirilishi va xalqaro tergov chaqirig'iga javob berdi.

Jamol Qoshiqchi jinoyatidagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib borganliklarini izohlagan Stephane Dujarric, "Bu vahshiy jinoyatga qo'l urganlarning barchasini adolatga javob berishni istaymiz" deb ifoda etdi.

Dujarric, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'luning xalqaro tergov chaqirig'i bilan aloqali, yozma bir talab bo'lmaganini va xalqaro tergov olib borish uchun Bosh kotibning bu mavzuda bir salohiyati bo'lishi kerakligini bildirdi.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi, 2- Oktyabr kuni nikoh hujjatlari uchun borgan Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligida vahshi sahklda o'ldirilgan edi.



Aloqador xabarlar