Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni yana ortdi

Kaliforniyaning shimolidagi Paradise shahrida 8-noyabrdan beri davom etgan va shtat tarixidagi eng dahshatli yong’in hisoblangan voqeada jon berganlar soni 56 nafarga yetdi.

1088344
Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni yana ortdi

Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida davom etgan yong’inda jon berganlarning soni 56 nafarga yetdi.

Rasmiylar shtatning shimolida 8-noyabrdan beri davom etgan yong’inning joriy asrning eng dahshatli ofati ekanligini qayd etdi.

Kamida 56 kishining umriga zomin bo’lgan yong’inda 9 mingdan ortiq bino ham foydalanishdan chiqdi. Qariyb 1300 kishi esa boshpanalarda jon saqlamoqda.

Rasmiylar 130 kishining esa haligacha bedarak ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

Yong’inni o’chirish uchun 5 mingdan ortiq o’t o’chiruvchi xizmat qilmoqda.

Shtatning janubida foydalanishdan chiqqan binolar orasida mashhur shotlandiyalik aktyor Gerard Butler, qo’shiqchi Miley Cyrus, aktyor Scott Baio, rejissyor Guillermo del Toro, reality show yulduzi Kim Kardashian, aktrisa Alyssa Milano va aktyor Rainn Wilson kabi shaxslarning uylari ham yondi yoki ziyon ko’rdi.



Aloqador xabarlar