Somalida sodir bo’lgan terrorchilik harakatida 23 kishi halok bo’ldi

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Mogadishoda vaqti-vaqti bilan hukumat vakillari borgan mehmonxona yonida 3 marta portlash sodir etilgan.

1085206
Somalida sodir bo’lgan terrorchilik harakatida 23 kishi halok bo’ldi

Somali poytaxti Mogadishoda sodir bo’lgan terrorchilik harakatida 23 kishi halok bo’ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Mogadishoda vaqti-vaqti bilan hukumat vakillari borgan mehmonxona yonida 3 marta portlash sodir etilgan.

Portlashlar “Sahafi Hotel” mehmonxonasi yonida sodir etilgan.

Ma'lum qilinishicha, mehmonxona yonida 3 ta portlash sodir etilgandan keyin voqea joyiga shifokorlar yetib kelishgan va o’sha paytda 4-portlash sodir etilgan.

Tez yordam guruhidan Ahmad Zekeriya ismli xodimning aytishicha, portlashda 23 kishi halok bo’lgan, bulardan 9 nafari “Ash-Shabob” ekstremistik guruhiga a’zo jangarilar bo’lgan, 40 kishi yaralangan. Yaradorlar orasida aloqa vazirligining yuqori martabali vakili Abdurazzoq Ali Yusuf ham bo’lgan.

Xavfsizlik kuchlari mehmonxona hududiga portlash oqibatida devorda hosil bo‘lgan darcha orqali kirmoqchi bo‘lgan 6 jangarini yo‘q qilishgan.

Guvohlarning aytishicha, portlashdan so’ng, jangarilar mehmonxonaga bostirib kirmoqchi bo’lishgan va bu jarayonda xavfsizlik kuchlari bilan jangarilar o’rtasida otishma boshlangan.

Ta'kidlanishicha, portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Mogadisho , #terrorchilik harakati

Aloqador xabarlar