Tojikistonning Xo'jant viloyatidagi qamoqxonada isyon chiqdi

Voqeada 25 nafar mahbus va 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

1084127
Tojikistonning Xo'jant viloyatidagi qamoqxonada isyon chiqdi

Tojikistonning Xo'jant viloyatidagi qamoqxonada mahbuslar o'rtasida isyon chiqdi.

Voqeada 25 nafar mahbus va 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Tojikiston matbuotida tarqalgan xabarlarga ko'ra, Xo'jant viloyatida joylashgan mamlakatning eng yirik ikkinchi qamoqxonasida kecha tunda isyon chiqdi.

Xavfsizlik xodimlariga tegishli qurollarni qo'lga kiritgan mahbuslar atrofga o'q uzdi.

Buning oqibatida 25 mahbus halok bo'ldi. Isyon maxsus kuchlar tomonidan bostirilgan.

Isyonning terror tashkiloti DAIShga aloqador mahbuslar tomonidan ataylab sodir etilganligi iddao qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #Xo'jant , #qamoqxona , #isyon

Aloqador xabarlar