Misturaning vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshirildi.

1079484
Misturaning vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili lavozimi norvegiyalik diplomat Geir O. Pedersanga topshirildi.

BMT Bosh kotibining voizi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Suriya bo'yicha maxsus vakil lavozimini 2017-yildan beri Norvegiyaning Xitoydagi elchisi vazifasini bajarib kelgan Geir O. Pedersanga topshirgan.

Guterres Suriyada tinchlik o’rnatish uchun qilgan mexnati va jarayonga qo’shgan hissasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Misturaga minnatdorchilik bildirdi.

Pedersen, bu vazifaga tayin qilingan to’rtinchi maxsus vakil bo’ldi.

Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersan avval Norvegiyaning Nyu-Yorkda BMT doimiy vakili, Livanda esa BMTning oliy darajali rasmiy vakili vazifasida ishlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura mazkur vazifadagi 4 yillik faoliyati ortidan bu oyning oxirida amaldagi vazifasidan ketishini ma’lum qilgan edi.

Suriya bo'yicha maxsus vakillik vazifasiga 2014-yili tayin qilingan Mistura, o’z vazifasini sobiq Jazoir Tashqi ishlar vaziri Lahdar Brahimidan qabul qilib olgan edi.

Lahdar Brahimidan oldin Suriya bo'yicha maxsus vakillik vazifasini sobiq BMT Bosh kotibi Kofi Annan yuritgan edi.



Aloqador xabarlar