Petro Proshenko Turkiyaga tashrif buyuradi...

Ukraina prezidenti Petro Proshenko, 3 Noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

1076663
Petro Proshenko Turkiyaga tashrif buyuradi...

Ukraina prezidenti Petro Proshenko, 3 Noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyaga amaliy safar doirasida tashrif etadigan Proshenko, Prezident Rejeb Tattib Erdo'g'an bilan uchrashib Oliy Darajali Strategik Hamkorlik Kengashining 7. yig'ilishiga ishtirok etadi.

Ta'luqli vazirlar ham qatnashadigan yig'ilishga, siyosiy, iqtisodiy, mudofaa sanoati bilan bir qatorda so'ngi davrlar rivojlanib borgan madaniyat va ta'lim sohasidagi hamkorlikning ham ko'zdan kechirilishi nazarda tutilmoqda.

Ushrashuvlarda, erkin tijorat shartnomasi, xavfsizlik va terrorga qarshi kurash mavzularining ham kun tartibida bo'lishi ko'zlanmoqda.

Shuningdek Qrim Tatar vakillari ham bo'lishi kutilgan yig'ilishda, Qrim Tatar xalqining mavjud vaziyatining muhokama qilinishi kutilmoqda.

Turkiya-Ukraina aloqalari 2011- yili vujudga kelgan YDSK mexanizmi bilan strategik hamkorlik saviyasiga ko'tarildi.

Aloqalarni yana ham rivojlanish maqsadida ikki davlat 2012 yili 1- Avgust kuni vizasiz sayohat qilish bilan bir qatorda hozirgi kungacha siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta'lim, turizm, xavfsizlik, harbiy va media sohalarida hamkorlik kabi ko'p sonda kelishuv bitimi tuzgan edi.

Proshenko va Erdo'g'an so'ngi marta BMT 73. sessiyasi doirasida borgan Nyu Yorkda ko'rishgan edi.

 



Aloqador xabarlar