Pompeo:"Kashikchi jinoyati bo'yicha bor haqiqat yuzaga chiqmagunicha tinchimaymiz"

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo matbuotga bergan brifingda, Kashikchi jinoyati bilan aloqador bo’lgan saudiyalik 21 nafar yuqori martabali vakillarga viza berish man qilinganligini ma'lum qildi.

1075344
Pompeo:"Kashikchi jinoyati bo'yicha bor haqiqat yuzaga chiqmagunicha tinchimaymiz"

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga doir bor haqiqat yuzaga chiqmagunicha ko’ngli joyiga tushmasligini bildirdi.

U davlat kotibligi xodimlariga e-pochta orqali saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni haqida matn yo’lladi.

“Saudiya Arabistoni bu mavzuda mas’uliyatni zimmasiga oldi, lekin bu jinoyatga doir bor haqiqat aniqlanmagunicha tergov bizni qoniqtirmaydi”,-deb yozadi Pompeo.


Pompeo AQSh kotibligida matbuotga bergan brifingda, Kashikchi jinoyati bilan aloqador bo’lgan saudiyalik 21 nafar yuqori martabali vakillarga viza berish man qilinganligini, bu shaxslarning vizasi bekor qilinganligini va “Global magnitskiy inson huquqlari javobgarlik qonuni” doirasida sanksiya berilishini ma’lum qilgandi.


Eslatma: Vashington Post gazetasiga maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgandan keyin yo’qolib qolgan edi.

Saudiya Arabistoni hukumati 20 oktyabr kuni jurnalist Jamol Kashikchining Istanbuldagi bosh konsullikda kelib chiqqan janjal oqibatida halok bo'lganini tasdiqlagan edi.



 


 

 



Aloqador xabarlar