Saudiyalik jurnalistning bo’lajak turmush o’rtog’i Nyu-York Times gazetasiga maqola yozdi

“Bo’lajak umr yo’ldoshim haqiqiy vatanparvar edi” deb nomlangan maqolada, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining taqdiriga e’tibor qaratilgan.

1068300
Saudiyalik jurnalistning bo’lajak turmush o’rtog’i Nyu-York Times gazetasiga maqola yozdi

Saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchining bo’lajak turmush o’rtog’i Hatija Jengiz Nyu-York Times gazetasiga maqola yozdi.

“Bo’lajak umr yo’ldoshim bir vatanparvar edi” deb nomlangan maqolada, Kashikchining taqdiriga e’tibor qaratilgan.

“Jamoldan judo bo’lgan bo’lsak, uni bizdan mahrum qilgan insonlar siyosiy martabasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, jazoga mahkum etilishi kerak. Aybdorlarni faqatgina tanqid qilish yetmaydi”,-deb yozadi Hatija Jengiz.

“U agar yashasaydi hozir turmush qurgan bo’lardik”,-deydi u.

Muallifning so’zlariga ko’ra, Jamol Kashilchi aslida vatanini sevadigan haqiqiy vatanparvar edi xalos. U erkin faoliyat olib borish uchun Saudiya Arabistonini tark etgan edi.

Hatija Jengiz, u yo’qolgan kuni ya’ni 2 oktyabr kuni Kashikchi bilan birga Saudiya Arabistoni konsulxonasiga birgalikda borganligini anglatdi.

“Konsulxonaga yetib borganimizda u ichkariga kirib ketdi. Kirishdan oldin menga “Agar mendan ancha vaqtgacha xabar ololmasang, turk vakillarga darhol xabar ber” degan edi. Bu Jamolni oxirgi ko’rishim ekanligini bilganimda edi, konsulxonaga men ham kirgan bo’lardim. Jamol konsulxonadan chiqa olmadi”,-deb yozadi saudiyalik jurnalistning bo’lajak turmush o’rtog’i Hatija Jengiz.

“Har kuni ertalab undan bir xabar olarman, deb uyg’onaman. Ar-Riyod hukumatining bu jim-jitligi meni xavotirga solmoqda. Agar, Jamoldan judo bo’lgan bo’lsam, aybdorlarni faqatgina tanqid qilish yetmaydi. Uni bizdan olgan insonlar siyosiy martabalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, qonun oldida javob berishi kerak. Jazolantirilishi kerak”,-deydi Hatija Jengiz.

Ushbu maqolani Jamol Kashikchining tug’ilgan kunida yozganligini ma’lum qilgan Hatija Jengiz zulm mangu abadiy davom etmasligini ta’kidlaydi.

“Bugun, uning tug’ilgan kuni. Bu kun yana minglab Jamollar tug’iladi”,-deydi u.

 



Aloqador xabarlar