Ukraina hukumati Mojariston konsulini deport qildi

Ta’kidlanishicha, Ukrainaning Mojaristondagi favqulodda va muhtor elchisi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va mojar konsulning mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat berilgan.

1062886
Ukraina hukumati Mojariston konsulini deport qildi

Ukraina hukumati vazifasini suiste’mol qilgan Mojariston konsulini “xohlanmagan shaxs” deb e’lon qilib, mamlakat hududlaridan deport qildi.

Mojariston ham bunga javob sifatida Budapeshtdagi Ukraina konsulini deport qildi.

Bu haqda Mojariston tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

“Ukrainaning qaroriga javob sifatida Mojariston ham Ukraina konsulini deport qilmoqda”,-deb aytgan Mojariston tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri.

Uning so’zlariga ko’ra, Ukraina tomonidan “xohlanmagan shaxs” deb e’lon qilingan mojar diplomat hech qanday qonunga hilof ish qilmagan.

Xolbuki, Mojariston doimo barcha qo’shni davlatlar bilan yaxshi aloqalarni yo’lga qo’yishga harakat qilib kelgan.

Ta’kidlanishicha, Ukrainaning Mojaristondagi favqulodda va muhtor elchisi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va mojar konsulning mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat berilgan.

Ukrainaning bu qaroriga javob sifatida Mojariston ham mamlakatdagi Ukraina konsulini deport qilgan.

Ukrainada mojarlar gavjum yashaydigan Berehova shahrida faoliyat ko’rsatadigan Mojariston bosh konsullik boshqarmasida Mojariston fuqaroligini qabul qilgan shaxslar uchun tashkil qilingan qasamyod marosimi mahfiy ravishda video tasvirga tushirilib, 20 sentyabr kuni internetda tarqatilganligi ikki mamlakat o’rtasida diplomatik muammoga sabab bo’lgan edi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi shu sabab bilan Mojaristonning mamlakatdagi konsulini “xohlanmagan shaxs” deb e’lon qilib, 72 soat ichida mamlakat hududlarini tark etishini talab qilgandi.



Aloqador xabarlar