Suriyada o’tgan oyda yuzlab kishi o’zboshimchalik bilan qamoqqa olingan

Suriya Huquqni himoya qilish tarmog’i tomonidan chop etilgan sentabr oyi hisobotiga ko’ra Bashar al-Asad rejimiga qarashli kuchlar kamida 402 kishini o’zboshimchalik bilan qamoqqa olgan.

1061760
Suriyada o’tgan oyda yuzlab kishi o’zboshimchalik bilan qamoqqa olingan

Suriyada o’tgan oyda 687 kishi (ko’pchiligi Bahsar al-Asad rejimi tomonidan) o’zboshimchalik bilan qamoqqa olingan.

Suriya Huquqni himoya qilish tarmog’i tomonidan chop etilgan sentabr oyi hisobotiga ko’ra Bashar al-Asad rejimiga qarashli kuchlar kamida ularning 402 nafarini o’zboshimchalik bilan qamoqqa olgan. Ulardan 22 nafari yosh bola, 34 nafari esa ayol kishidan iborat.

Qamoqqa olinganlarning ko’pchiligini oxirgi vaqtlarda rejim nazorati ostiga olingan mintaqalarda “yarashuv shartnomasi”ga qo’l qo’ygan yoshlarning tashkil etishi qayd etilgan.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olingan mintaqalarda 190 kishi (ulardan 4 nafari yosh bola, 6 nafari esa ayol kishilardan iborat) besabab qamoqqa olinganligi eslatilgan hisobotda, tashkilot qamab olgan yoshlarning qo’liga qurol berish niyatida ekanligi aytilgan.

Hisobotga ko’ra DEASh terror tashkiloti 22 kishini (ulardan 2 nafari yosh bola) o’tgan oyda, tashkilotning buyrug’iga amal qilmaganligi yoki muxolafat guruhga yaqin ekanligi yuzasidan qamoqqa olgan. Undan tashqari huddi ana shu vaqtlarda 38 kishini (ulardan 1 nafari yosh bola, 2 nafari ayol kishi) harbiy muxolafat, 35 kishini esa Hay’at Tahrir al-Sham qamoqqa olgan.

Suriyadagi bu o’zboshimchalikka ko’proq rejim kuchlari tomonidan qo’l urilganligiga e’tibor qaratilgan hisobotga ko’ra, bu yilning yanvar oyidan boshlab sentabr oyigacha yurt bo’ylab 6109 kishining o’zbashimchalikka ma’ruz qolganligi ta’kidlangan.

Suriyalik muxolafat manbaalariga ko’ra Suriyada rejim kuchlari qamoqxonasida kamida 500 ming kishi bor.



Aloqador xabarlar