Bugun Makedoniyada referendum o'tkazilmoqda

Referendumda saylovchilarga “Makedoniya Respublikasi va Yunoniston Respublikasi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Yevropa Ittifoqi hamda NATOga a’zo bo'lishni yoqlaysizmi?” degan savol bilan murojaat qilinadi.

1059424
Bugun Makedoniyada referendum o'tkazilmoqda

Makedoniyada mamlakat nomini o'zgartirish bo'yicha referendumda ovoz berish jarayoni boshlandi.

Respublika Davlat saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko'ra, referendumda 1 million 806 ming 336 kishi ishtirok etishi mumkin. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da boshlanib, 19:00ga qadar davom etadi.

Saylovchilarga “Makedoniya Respublikasi va Yunoniston Respublikasi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Yevropa Ittifoqi hamda NATOga a’zo bo'lishni yoqlaysizmi?” degan savol bilan murojaat qilinadi.

Referendum natijalari 1 oktabrda e’lon qilinadi. Jarayonni nazorat qilish uchun 12 mingga yaqin mahalliy, 50 nafar xorijiy kuzatuvchilar jalb etilgan.

Makedoniya qonunchiligiga ko'ra, saylovchilarning yarmidan ko’pi referendumda qatnashsagina, uning natijalari tan olinadi.

Turli ijtimoiy so'rovlar natijalariga ko'ra, davomat 40-60% atrofida bo'lishi aniqlangan.

Shu yilning 17 iyunida Yunoniston tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias va Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov mamlakat nomini Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb o'zgartirish to'g'risida kelishuv imzolagandi.

Yunoniston va Makedoniya o'rtasida 25 yildan buyon davom etib kelayotgan nom mojarosi Makedoniyaning NATO va Yevroittifoqqa kirishiga xalal berayotgandi. Yunonistonning Makedoniya viloyati bilan adashtirmasliklari uchun Yunoniston qo'shni respublikadan o'z nomini o'zgartirishni talab qilgandi.

Makedoniya  prezidenti George Ivanov Skope va Afina o'rtasidagi Makedoniya respublikasi nomini o'zgartirish haqidagi shartnomani “o'z joniga huquqiy suiqasd” deb atagan.


Tanlangan kalimalar: #Makedoniya , #referendum , #Yunoniston

Aloqador xabarlar