Afg’onistonning Pervan viloyatida harbiy vertolyot qulab tushdi

Vertolyot bortida harbiy va politsiyachilardan iborat jami 8 kishi bo’lgan. Ularning oqibati hozircha ma’lum emas.

1059349
Afg’onistonning Pervan viloyatida harbiy vertolyot qulab tushdi

Afg’oniston poytaxti Kobul yaqinidagi Pervan viloyatida afg’on maxsus kuchlarini olib ketayotgan vertolyot qulab tushdi.

Bu haqda Pervan hokimiyati xodimi Vahida Shahkar ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu voqea Pervanning Koh Safi tumaniga qarashli Mandi Qul qishlog’ida ro’y bergan.

Vertolyot bortida harbiy va politsiyachilardan iborat jami 8 kishi bo’lgan. Ularning oqibati hozircha ma’lum emas. Vertolyotning texnik nosozlik tufayli qulab tushgani taxmin qilinmoqda.

Tolibon harakati vertolyotni urib tushirganligini iddao qildi.

Taxminan 2 hafta oldin ham Afg’onistonning Farah viloyatida bir harbiy vertolyot qulab tushgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Pervan , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar