AQSh arakanlik musulmonlarga 185 mln dollar moddiy yordam o’tkazadi

“Myanmadagi achchiq haqiqatni ko’rmaslikka olib bo’lmaydi. Arakanlik musulmonlarning etnik qirg’inga uchraganligini muhokama qilish kerak. Ularning dardiga quloq qolish zarur”,-dedi Nikki Haley.

1056195
AQSh arakanlik musulmonlarga 185 mln dollar moddiy yordam o’tkazadi

AQSh arakanlik musulmonlarga 185 mln dollar moddiy yordam o’tkazadi.

Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida ishtirok etgan ko’plab davlatlarning tashqi ishlar vazirlari “Rohingyaga bag’ishlangan anjuman”ga qatnashdi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haley anjumanda Arakandagi musulmonlarni gumanitar yordam bilan ta’minlash uchun 185 mln dollar mablag’ ajratilganligini ma’lum qildi.

Natijada, o’tgan yilning 25 avgust kunidan e’tiboran AQShning arakanlik musulmonlarga yetkazgan moddiy yordamlari 389 mln dollarga yetdi.

“Myanmadagi achchiq haqiqatni ko’rmaslikka olib bo’lmaydi. Arakanlik musulmonlarning etnik qirg’inga uchraganligini muhokama qilish kerak. Ularning dardiga quloq qolish zarur”,-dedi Nikki Haley.

BMT tomonidan tashkil qilingan Xalqaro Myanma mustaqil tadqiqot missiyasi, Myanmadagi harbiy bosh shtab rahbari Min Aung Hlaing va uning safdoshlarini Arakandagi musulmonlarni qatliom qilganligi sababli Xalqaro oliy sudga topshirilishini talab qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Arakan , #musulmonlar , #Myanma , #qatliom , #BMT , #AQSh

Aloqador xabarlar