AQShda “Florens” tropik to’foni oqibatida qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

“Kuchli sel va shamollar hamon insonlarning joniga qasd qilmoqda. Shimoliy Karolinaning bir qancha hududida tahlika davom etmoqda”,-dedi Shimoliy Karolina hokimi Roy Kooper.

1051604
AQShda “Florens” tropik to’foni oqibatida qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

AQShning sharqiy qirg'og'iga yopirilgan “Florens” tropik to’foni oqibatida qurbonlar soni 23 kishiga yetdi.

Shimoliy Karolina hokimi Roy Kooper ma’lum qilishicha, to’fon oqibatida bu shtatda 17 kishi nobud bo’lgan.

Tahlika davom etganligini ma’lum qilgan Kooper: “Kuchli sel va shamollar hamon insonlarning joniga qasd qilmoqda. Shimoliy Karolinaning bir qancha hududida tahlika davom etmoqda”,-dedi.

Shimoliy Karolina sohilida joylashgan Vilmington shahrida transport yo’llari to’sib tashlandi. Shaharga kirish va chiqishlarga ruxsat berilmayotir. Shaharga havodan yordam faoliyatlari olib borilmoqda.

Janubiy Karolinada esa, hozirgacha 6 kishi nobud bo’lgan.

Milliy to’fon markazi ma’lum qilishicha, “Florens” tropik to’fonining tezligi soatiga 56 kmgacha kuchayishi mumkin.

Avvalroq, to’fonning “Tropik depressiya” sifatida eng yuqori “qizil” darajasiga chiqarilganligi ma’lum qilingandi.

To’fon oqibatida Shimoliy va Janubiy Karolinada ko’plab uyni suv bosdi. Tegishli vakillar sel suvlari 1 metrgacha ko’tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ikki shtatda 1 mlndan ziyod aholi elektrsiz qolgan.

Taxminan 10 mln kishiga zarar bergan hodisa 170 mlrd dollarlik moddiy zararga olib kelganligi taxmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Florens , #AQSh , #Shimoliy Karolina , #to'fon

Aloqador xabarlar