Ukraina bilan Rossiya o'rtasidagi do'stlik shartnomasi bekor qilindi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina va Rossiya o’rtasidagi do'stlik shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi farmonni imzoladi.

1051068

Poroshenko tomonidan imzolangan farmonga ko'ra, Rossiya bilan do'stlik, hamkorlik va sheriklik to'g'risidagi shartnoma bekor qilinadi.

Ushbu farmon prezidentlik internet saytida e’lon qilingan.

Ukraina prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu hujjat bugun, 17 sentyabr dushanba kuni imzolagan bo’lib, hujjat Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan ushbu shartnomaning muddati uzaytirilmasligiga doir olingan qarorga binoan imzolangan.

Eslatma: Rossiya va Ukraina o’rtasida 1997 yil 31 may kuni imzolangan shartnoma ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning asosi sifatida mulohaza qilinar ekan, ayni paytda ikki davlatni “strategik sheriklik” darajasiga olib chiqqan.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Petro Poroshenko , #farmon

Aloqador xabarlar