Rossiya va Asad rejim Idlibga 100dan ortiq havo hujumi uyushtirdi

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Doimiy vakili Nikki Haley, Rossiya va Asad rejim Idlibga 100dan ortiq havo hujumi uyushtirdi bildirdi.

Rossiya va Asad rejim Idlibga 100dan ortiq havo hujumi uyushtirdi

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Doimiy vakili Nikki Haley, Rossiya va Asad rejim Idlibga 100dan ortiq havo hujumi uyushtirdi bildirdi.

Birlashgan millatlar  tashkiloti Xavfsizlik kengashi ( BMTXK), Rossiyaning talabiga binoan, Prezident Rajab  Tayyib Erdo’g’an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Juma kuni  Tehronda o’tkazgan sammitning natijalarini va Idlibdagi o’zharishlarni muhokama qilish uchun yig’ildi.

AQShning BMT Domiy vakili Haley, bu yerda so’zlagan nutqida,

“ Rossiya, Eron va Asad Siyosiy yechim bilan qiziqmaydi. Turkiya buni o’tgan hafta o’rgandi, Idlibda sulh istadi faqat Rossiya va Eron, Turkiyaning bu taklifini qabul qilmadi.” dedi.

Rossiyaning BMT Doimiy vakili Vassily Nebenzia ham, Tehron sammiti natijalari borasida kengashga  ma’lumot berdi.

Nebenzia, Idlibda o’n minglab Al Nusra va  terror tashkiloti DEASh a’zosi mavjud bo’lganini qayd etib, Rossiya, Eron va Turkiya, Suriya bo’ylab terror qoldiqlarini tozalash mavzusida bir xil fikrda deb qayd etdi.

Suriyadagi inqirozga siyosiy yechim tashqarisida bir alternativa yo’q degan Nebenzia, “ Siyosiy yechimga qaror bergan qurolli muxoliflarni tezda terroristlardan ajratishga  ehtiyoj bor va  ushbu chaqiriq  xalqaro hamjamiyat a’zolariga .”dedi.

Nebenzia, Asatana garantori uch o’lkaning BMT Suriya maxsus vakili Staffan de Mistura bilan konstitutsiya komiteti Jenevada en qisqa zamonda tuzilishi uchun maslahatlar yuritganlarini ham qayd etdi.

Tehron sammitida Suriyani qaytadan qurish masalasi ko’rib chiqilib va shartlar bu vaziyat uchun  mos ekanini aytgan Nebenzia, Suriyada insoni yordamga, minalarni tozalash va infratuzilmani qaytadan qurishga ehtiyoj bor faqat G’arbning bu mavzuda” Siyosiy shantaj qilganini” ma’lum qildi.

Suriyalik  emigrantlar o’lkaga qaytish masalasi  ham ko’rib chiqilgan mavzular qatorida o’rin olganiga diqqat qarartgan Nebenzia,

“ Suriya hukumati ma’lum bo’lganidek xavfsizlik kafolatlari bordi. Suriyalik emigrantlarning qaytishi uchun Turkiya va Eron bilan xalqaro bir konferensiya uyushtirish faoliyati yuritmoqda .” Dedi.

Nebenzia, Astana kafolatchisi uch o’lkaning keyin yig’ilishi Rossiyada bo’ladi deb so’zlariga qo’shimcha qildi.

 


Tanlangan kalimalar: Hujum , Idlib , Rosssiya

Aloqador xabarlar