Mevlud Chavushog'lu Moskvada hamkaspi Lavrov bilan ko'rishdi...

Mevlud Chavushog'lu, Suriyaning Idlib shahrida harbiy bir operatsiyaning falokatga sabab bo'lishini izohladi.

1037163
Mevlud Chavushog'lu Moskvada hamkaspi Lavrov bilan ko'rishdi...
akar-fidan-soygu.jpg
cavusoglu rusya1.jpg

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Suriyaning Idlib shahrida harbiy bir operatsiyaning falokatga sabab bo'lishini izohladi.

Chavushog'lu, Rossiyaning poytaxti Moskvada hamkaspi Sergety Lavrov bilan ko'rishdi.

Ushrashuvdan keyin tartiblangan matbuot anjumanida Chavushog'lu, Lavrov bilan Suriyada nizoh bo'lgan hududlar mavzusida fikr almashganliklarini izohladi.

Chavushog'lu, "Idlibda to'qnashuvsiz hududni muhofaza etish terrorga qarshi kurash jihatidna muhim. Radikal guruhlarni ta'sirsiz qilish hammamizga yaxshi bo'ladi" dedi.

Idlibda harbiy operatsiyaning Suriya jihatidan falokatga aylanishiga diqqat qaratgan Chavushog'lu, Idlibga hujum qilish, yuz minglab insonning hayotiga, millionlab insonning uysiz qolishiga olib kelishini bildirdi.

Mevlud Chavushog'lu, "Yuqori darajali aloqalar o'rnatish uchun g'ayrat qilayamiz. Ayrimlari buni qizg'anmoqda. Rossiya strategk sherigimizdir" dedi.

Rossiyadan turistlar kelishidan xursan bo'lganliklarini ifoda etgan Chavushog'lu, joriy yil 16 million atrofida Rus turistga mezbonlik qilishdan bag'oyat xursand etkanligini qayd etdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergel Lavrov ham, Suriyada tinchlik va barqarorlik bo'lishini istaganiklarini bildirib, Idlibda ko'p muammolar borligini, noharbiy va qurolli muxoliflar bo'lganini izohladi.

Rossiya bilan Turkiyaning Suriyalik emigrantlarning xavfsiz shaklda uylariga qaytishlari uchun harakat qilishini ifoda etgan Lavrov, qolaversa terrorni butunlay yo'q qilish ham mushtarak rejalari bo'lganini izohladi.

O'zaro aloqalarga to'xtalib o'tgan Lavrov, Turk fuqarolariga tezda viza berish uchun maslahatlashuv kengashi vujudga keltirishga kelishganliklarini bildirib, xizmat va xususy parposrt egalariga vizasiz sayohatning tezda kuchga kirishini bildirdi.

Mevlud Chavushog'lu, uchrashuvlari doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham ko'rishadi.

Qolaversa, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va Milliy razveta tashkiloti rahbari Hakan Fidan ham Moskvadagi uchrashuvlarga qatnashdi.

Akar va Fidan, Rossiya mudoffa vaziri Sergey Shoygu bilan ko'rishdi.

Uchrashuvda mintaqaviy masalalar, Suriyadagi vaziyat va o'zaro hamkorlikning muhokama qilingani bildirildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadigan Akar va Fidan, o'tgan hafta Rossiyaga borib uchrashuvlar o'tkazgan edi.



Aloqador xabarlar