Mahmud Ahmadinajod Eron prezidenti Hasan Ruhoniyni iste’foga chaqirdi

Davlat iqtisodiyoti parchalanish arafasida ekanligini tilga olgan Ahmadinajod: “Xalqning davlatga bo’lgan ishonchi deyarli qolmadi”,-dedi.

1029431
Mahmud Ahmadinajod Eron prezidenti Hasan Ruhoniyni iste’foga chaqirdi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod mavjud prezident Hasan Ruhoniyni iste’foga chaqirdi.

Uning so’zlariga ko’ra, xalqning joriy hukumatga ishonchi qolmagan.

Ahmadinajod internet tarmoqlari orqali e’lon qilgan video tasvirda, Eron xalqi mamlakatdagi mavjud vaziyatdan bezovta ekanligini ma’lum qilgan.

Davlat iqtisodiyoti parchalanish arafasida ekanligini tilga olgan Ahmadinajod: “Xalqning davlatga bo’lgan ishonchi deyarli qolmadi”,-dedi.

Uning fikricha, Ruhoniy va uning hukumati lavozimda ekan, Eron xalqi zarar ko’raveradi.

“Xalqning roziligiga musharraf bo’lishning yagona yo’li lazovimni davom ettirmasligingizdir”,-deydi Mahmud Ahmadinajod.

 



Aloqador xabarlar