Nauert, Chavusho’g’li bilan Pompeoning muloqatining muhim ishora ekanligini qayd etdi

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Heather Nauert Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeoning telefon orqali qilgan muloqatining muhim ishora ekanligini qayd etdi.

1028282
Nauert, Chavusho’g’li bilan Pompeoning muloqatining muhim ishora ekanligini qayd etdi

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Heather Nauert Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeoning telefon orqali qilgan muloqatining muhim ishora ekanligini qayd etdi.

Neuert, Turkiyaning Izmir viloyatida Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi va PKK terror tashkiloti nomidan jinoyatga qo’l urishlik va josuslik qilish iddiosi bilan uy qamog’ida o’tirgan amerikalik pastor Andrew Craig Brunson haqida bayonot berdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvga e’tibor qaratgan Nauert,

“Telefon orqali muloqat qilishlik muhim ishoratdir. Muloqat qilishliklari aslo ziyon yetkazmaydi. Shuning uchun ham muloqatning ahamiyatiga ishonamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Heather Nauert Turk va AQSh delegatsiyalari o’rtasida Vashingtonda o’tkazilishi kutilgan uchrashuv haqida ma’lumot berishlikdan qochdi.

Bundan 2 yil muqaddam 2016-yilning 9-dekabri kuni Fetullahchi terror tashkiloti FETO va PKK nomidan jinoyatga qo’l urganlikda ayblanib, nazorat ostiga olingan amerikalik pastor Andrew Craig Brunson haqidagi iddionomada, pastor liqobi ostida yuqorida nomi tilga olingan terror tashkiloti nomidan jinoyatga qo’l urganligi va ular bilan hamkorlik qilganligi qayd etilgan edi.

Brunson tomonidan amerikalik bir askarga yuborilgan va FETO tomonidan 2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiyada qo’l urilgan to’ntarish tashabbubining muvaffaqiyatsiz o’tganligidan qanchalik xafa ekanligi yozilgan xatga o’rin berilgan iddionomada, Brunsonning mobil telefonidagi, “Turklarning boshini aylantiradigan ba’zi voqealar kutayotgan edik. Isoga qaytishlik uchun kerakli shart-sharoitlar yaratildi. Darhaqiqat, to’ntarish tashabbusi hammani hayron qildi. Hatto bir necha turk o’tmishda bo’lganidek harbiylarga ishondi lekin bu gal judayam kech edi. Va to’ntarish tashabbusidan keyingilarchi… Bu boshqa edi. Menimcha jarayon yomon tus oladi. Oxiri biz yutamiz” degan satrlar ham hujjatlarga ilova etilgan edi.   

AQShlik pastor Brunsonning Fetullahchi terror tashkiloti FETO va PKK terror tashkiloti nomidan jinoyatga qo’l urganlikda ayblanib 2016-yilning 9-dekabri kuni nazoratga olinishi, ortidan o’tgan oyda sog’ligidagi muammolari yuzasidan uy qamog’iga o’tkazilishi AQSh tomonidan e’tirozlarga yo’l ochgan edi.



Aloqador xabarlar