Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi suiqasd uyushtirildi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi poytaxt Karakasdagi marosimda suiqasd uyushtirildi.

1026055
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi suiqasd uyushtirildi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi poytaxt Karakasdagi marosimda suiqasd uyushtirildi.

Shu haqida BBC nashri tarqatgan ma’lumotga ko’ra suiqasd chog’ida Maduroga ziyon yetmagan.

Kommunikatsiya vaziri Jorgi Rodriguezning qayd etishicha suiqasdda Maduro nishonga olingan bo’lib, 7 askar tan jarohati olgan.

Maduro mazkur suiqasd ortidan xalqqa xitob etgan nutqida,

“Bu meni o’ldirish harakati edi. Bugun meni o’ldirish uchun suiqasd uyushtirildi” dedi.

Bugungacha qo’lga kiritilgan dalillarning, suiqasdning o’ta o’ng qanotlilar tomonidan uyushtirilganligini ko’rsatayotganligini eslatgan Maduro, suiqasdchilarning Bogota va Miami bilan aloqador ekanligini ham qayd etdi.

“Jonimga qasd qilgan suiqasdchilarning ba’zilari qo’lga tushdi” degan Maduro, bundan boshqa ma’lumot bermadi.

Venesuela Milliy majlis raisi Diosdado Kabello ham twitter orqali shu haqida bergan bayonotida, voqeani “terror hujumi” deya baholagan holda,

“Saylovda g’alabaga erisholmagan o’ng qanotlilar, jamoat joylarida zo’rovonlikni davom ettirmoqda” dedi.

Undan tashqari o’zlarini “Futbolka kiygan askarlar” deb tanishtirgan bir guruh, twitter orqali suiqasdni o’z bo’yniga oldilar.  

Nomi birinchi marotaba qayd etilgan mazkur guruh haqida hozircha hech qanday ma’lumotga erishilgani yo’q.



Aloqador xabarlar