AQShning Kaliforniya shtatidagi yong'inda mingdan ortiq uy kulga aylandi

Mendocino ve Lake County hududlariga zarar bergan yong’in tufayli bu hafta taxminan 20 ming kishi evakuatsiya qilindi.

1024655
AQShning Kaliforniya shtatidagi yong'inda mingdan ortiq uy kulga aylandi

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Redding hududi va atrofida 6 kishining hayotiga zomin bo’lgan yong’inda mingdan ortiq uy kulga aylandi.

O’t o’chiruvchilar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Shasta hududidagi chakalakzorda yuzaga kelgan yong’inda Redding hududida 1058 ta uy yonib kulga aylandi.

Kaliforniya o’rmonchilik va yong’indan muhofaza qilish boshqarmasi kotibi Mayk Mohler ma’lum qilishicha, yong'inni o'chirish uchun viloyat byudjetidan 1 oyda yillik byudjetning to’rtdan biridan ko’pini (kamida 125 mln dollar) sarfladi.

Qolaversa, hududda taxminan 490 km kvadratlik maydonga zarar bergan yong’inda fermalar, omborlar kulga aylangan.

Xozirgacha o’t ketgan hududlarning 35%ida yong’in o’chirildi.

Mendocino ve Lake County hududlariga zarar bergan yong’in tufayli bu hafta taxminan 20 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Shtatning Sierra Nevada hududida kamida yana 3 ta joyda yong’in yuz bergan.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Kaliforniya , #yong'in

Aloqador xabarlar