Tojikistondagi hujumni DEAShning bo’yniga olganligi iddio etildi

Tojikiston bo’ylab sayohatga chiqqan chet ellik 4 sayyohning umriga zomin bo’lgan hujumni DEASh terror tashkilotining bo’yniga olganligi iddio etildi.

1023252
Tojikistondagi hujumni DEAShning bo’yniga olganligi iddio etildi

Tojikiston bo’ylab sayohatga chiqqan chet ellik 4 sayyohning umriga zomin bo’lgan hujumni DEASh terror tashkilotining bo’yniga olganligi iddio etildi.

Tojikiston matbuotida o’rin olgan va terror tashkilotlarining internet saytidagi faoliyatlarini kuzatgan Amerika Qo’shma Shtatlarining SITE Intelligence Group tashkiloti tarqatgan ma’lumotga tayangan xabarda, 29-iyul kuni Tojikistonning Hatlon viloyatida velosiped orqali sayohatga chiqqan sayyohlarga qarshi qo’l urgan hujumning javobgarchiligini DEASh terror tashkilotining o’z bo’yniga olganligi qayd etildi.

Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda kecha shu haqida bergan bayonotida, voqeaning sababining hali hanuz noma’lum ekanligini eslatgan holda,

“Avtomobil halokati, talonchilik, hujum va jinoyat kabi ehtimollar bor. Undan tashqari terror hujumi ham bo’lishi mumkin” degan edi.

Aytib o’tish joizki, 29-iyul kuni Tojikistonning Hatlon viloyatida velosiped orqali Tojikiston bo’ylab sayohatga chiqqan chet ellik 7 nafar sayyohni bir avtomobilning urib yuborishi oqibatida 4 kishi jon bergan bo’lib, 3 kishi tan jarohati olgan edi.

Voqea ortidan Tojikiston Xavfsizlik xizmati tomonidan boshlatilgan amaliyot natijasida hujumchilardan 2 nafari yo’q qilinib, bir kishi tiriklayin qo’lga tushirilgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar