Fransiya poytaxti Parijda 18 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi

Taxminan 100 nafar o’t o’chiruvchining 3 soatlik mashaqqatli mehnati bilan yong’in o’chirilgan. Voqeada 4 kishi hayotdan ko'z yumgan, 9 kishi jarohatlangan.

1020577
Fransiya poytaxti Parijda 18 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi

Fransiya poytaxti Parijning Aubervilliers ko’chasidagi 18 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi.

Hodisada 4 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Fransiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, 18 qavatli binoning 17- qavatida ro’y bergan yong’in tezda boshqa qavatlarga ham tarqalgan.

Taxminan 100 nafar o’t o’chiruvchining 3 soatlik mashaqqatli mehnati bilan yong’in o’chirilgan. Faoliyatlar paytida 9 kishi jarohatlangan.

Binoda jami 108 ta kvartira mavjud bo’lib, u yerda yashagan insonlar binoni tark etishga majbur bo’lgan.

Ular tunni shahardagi sport zalida o’tkazishgan.

Yong’inning kelib chiqish sabablari tekshirilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Parij , #yong'in

Aloqador xabarlar