AQSh va Yevropa Ittifoqi o'zaro savdo urushini to'xtatmoqchi...

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunker o’rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv muvaffaqiyatli yakunlandi.

1019704
AQSh va Yevropa Ittifoqi o'zaro savdo urushini to'xtatmoqchi...

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunker o’rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv muvaffaqiyatli yakunlandi.

Uchrashuvda “savdo urushi”ni bartaraf etish yo’llari muhokama qilindi.

Oq uyda uchrashgan Tramp va Yunker unumli o’tgan uchrashuvdan so’ng, matbuot anjumani o’tkazdi.

AQSh-Yevropa Ittifoqi munosabatlarida yangi sahifa ochish maqsadida uchrashuv o’tkazilganligini tilga olgan Donald Tramp: “Shu sababli, bugun Yevropa Ittifoqi bilan avtomobilsozlikdan tashqari industriya mahsulotlariga bojxona tariflari, qishloq-xo’jaligi mahsulotlariga cheklovlarni olib tashlash bo’yicha kelishib oldik”,-dedi.

Tramp kimyoviy va qishloq-xo’jaligi mahsulotlariga qo’yilgan cheklovlarni kamaytirish xususida kelishib olinganligini ma’lum qilar ekan, amerikalik dehqonlarga Yevropa Ittifoqi yaqinda AQShdan so’ya fasulyasini import qila boshlashidan darak berdi.

Bu faoliyatlar AQSh bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi savdoni yanada halok va erkin vaziyatga keltirishini bildirgan Tramp, qolaversa Yevropa Ittifoqi AQShdan katta miqdorda suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishini ma’lum qildi.

Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunker AQSh bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida industriya mahsulotlari importiga qaratilgan savdo to’siqlarini bartaraf etish xususida kelishib olganligini bildirib, bu katta maqsadlaridan biri ekanligini ma’lum qildi.

Qolaversa, energiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish xususida kelishib olganligini ta’kidlagan Yunker: “AQShdan yana ham ko’proq suyultirilgan tabiiy gaz sotib olamiz”,-dedi.

AQSh bilan Yevropa Ittifoqi xalqaro savdo standardlari bo’yicha hamkorlik qilishini bildirgan Yunker Jahon savdo tashkilotini qayta isloh etish mavzuida hamkorlikda ish olib borishga qaror berganligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, tomonlar muzokaralar davom etar ekan, taranglikni avj oldiradigan tashabbuslardan uzoq turishga harakat qiladi.

“Bular albatta, muzokaralar davom etar ekan, tomonlardan biri voz kechmagan taqdirda, yangi tariflarni to’xtatish bilan alyuminiy va po'lat xom-ashyosiga bog’liq mavjud tariflarni ko’zdan kechirishga bog’liq”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar