BMT xavfsizlik kengashi ertaga Suriya masalasi bo'yicha to'planadi

BMT xavfsizlik kengashi Shvetsiya va Quvaytning talabiga binoan, Suriyaning janubi g’arbida avj olgan to’qnashuvlar va tobora salbiy tus olib borayotgan gumanitar vaziyatni muhokama qiladi.

1005448
BMT xavfsizlik kengashi ertaga Suriya masalasi bo'yicha to'planadi

BMT xavfsizlik kengashi ertaga Suriyaning janubi g’arbida avj olgan to’qnashuvlarni muhokama qilish uchun to’planmoqda.

Bu haqda BMT xavfsizlik kengashining o’tkinchi rahbari Shvetsiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, BMT xavfsizlik kengashi Shvetsiya va Quvaytning talabiga binoan, Suriyaning janubi g’arbida avj olgan to’qnashuvlar va tobora salbiy tus olib borayotgan gumanitar vaziyatni muhokama qiladi.

Ma’lumki, Suriyada tomonlar tinch aholini himoya qilish va mamlakat poydevorini saqlab qolishda muvaffaqiyatsiz. Shu sababli, keskinlik va shiddatni kamaytirishga doir faoliyatlarni oshirish zarur.

BMT Suriyaning janubi g’arbidagi to’qnashuvlar tufayli 750 ming aholining hayotidan xavotirda ekanligini tez-tez tilga olmoqda.

Mamlakat janubida keskinlikdan holi zona deb e’lon qilingan Dera viloyati atrofida hamon kuchli aviazarbalar davom etmoqda. Shu sababli, taxminan 330 ming aholi ko’chishga majbur bo’lgan.

Ularning Iordaniya chegarasiga tomon qochganligini ma’lum qilgan BMT Iordaniyadan ularni himoya qilish uchun o’z chagaralarini ochishini talab qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Suriya , #BMT xavfsizlik kengashi

Aloqador xabarlar