Hindiston sharqida chaqmoq chaqishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi

Hindistonda kuchli muson yomg’irlari mavsumida bu kabi holatlar tez-tez uchrab turadi.

1003861
Hindiston sharqida chaqmoq chaqishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi

Hindiston sharqida chaqmoq chaqishi oqibatida 5 kishi halok bo’ldi.

Mahalliy vakillar ma’lum qilishicha, Bihar shtatining Aurangabad hududiga kuchli yog’ingarchilikdan so’ng chaqmoq tushdi. Hodisada 12 kishi jarohat oldi.

Meteorologiya mutahassislari hududda kuchli yog’ingarchiliklar yana bir muddat davom etishi kutilayotganligini ma’lum qildi.

Hindistonda kuchli muson yomg’irlari mavsumida bu kabi holatlar tez-tez uchrab turadi.

Mamlakatda o’tgan oy chaqmoq chaqishi va kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida kamida 250 kishi halok bo’lgandi, 400 dan ortiq inson jarohatlangandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #chaqmoq , #yong'ingarchilik

Aloqador xabarlar