Yunonistonda hukumatga qarshi namoyish o'tkazildi

Yunonistonning Selanik shahrida Yunoniston va Makedoniya hukumatlari o’rtasida nom o’zgartirishga doir kelishuvni qoralagan namoyishchilar bilan politsiya o’rtasida to’qnashuv ro’y berdi.

999749

Selanikda Radikal so’lchi ittifoq partiyasi SYRIZA tomonidan Makedoniyaga bag’ishlangan konferensiya o’tkazilayotgan bino oldida to’plangan namoyishchilar hukumatga qarshi hayqirib ichkariga kirishga harakat qildi.

Yunoniston bayroqlarini ko’targan namoyishchilar atrofdagi axlat qutilariga o’t qo’ydi, binoning eshigini sindirdi. So’ngra politsiya ularni gaz bilan qaytarishga harakat qildi.

Politsiyaga toshlar bilan hujum qilgan namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlar tufayli, shahar markazidagi ba’zi ko’chalar vaqtinchalik to’sib qo’yildi, shahar maydonidagi "Chimskiy" ko’chasidagi mashinalarga ziyon yetkazildi.

Voqea bilan aloqador 3 kishi qo’lga olindi.

Tanlangan kalimalar: #Yunoniston , #Makedoniya , #namoyish

Aloqador xabarlar