Fransiyada "Isroil Mavsumiga" norozichilik ko'rsatildi...

Fransiyada, prezident Emmanuel Macron bilan ko'rishgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netenyahuga, poytaxt Parijning farqli hududlarida norozichilik ko'rsatildi.

987300
Fransiyada "Isroil Mavsumiga" norozichilik ko'rsatildi...

Yevropa safari doirasida Fransiyada, prezident Emmanuel Macron bilan ko'rishgan va Isroil Mavsumi faoliyatining ochilishiga qatnashgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netenyahuga, poytaxt Parijning farqli hududlarida norozichilik ko'rsatildi.

Falastin bilan hamkorlik, G'azodagi qaliomlarni qoralash va Isroilning ishg'ol ostidagi tuproqlarda ishlab chiqargan mahsulotlarning savdosini boykot etgan ko'p sonda tashkilot, Parijda Shanzaliza shoh ko'chasi va Invalides maydonida norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Parijning mashhur bulvari Shanzalizada to'plangan yuzlab kishi, "Qotil Netenyahu daf bo'l, "Urush jinoyati sodir etganlar adolatga javob beradi", "G'azo, seni unutmadik", "Fransiyada Isroil mavsumini bekor qil" va "Qotil Netenyahu, Macron uning sherigi" degan shiolar bilan shoh ko'cha bo'ylab yurdilar.

Tahminan 500 mert yurgan namoyishchilar, Macron-Netenyahu uchrashgan Elysse saroyi va Fransiyada Isroil Mavsumi ochilishi o'tkazilgan Grand Palais oldida politsiyachilar tomonidan to'xtatildi.

Netenyahuning ziyorati tufayli hududda xavfsizlik tadbirlari 3 barobarga ko'tarildi.

Alysse saroyi va Grand Palais atofidagi metro bekatlari yopildi, ko'chalar ham temir to'siqlar va politsiya moshinalari bilan berkitildi.

Neteyahuga qarshi bir boshqa namoyish esa Invalides maydonida o'tkazildi.

Falastin Hamkorlik Tashkiloti, Fransuz Kommunist Partiyasi, So'l Partiya, G'azoni Dastaklash Guruhi va ko'p sonda nodavlat tashkilotining chaqirig'i bilan maydonda uchrashgan namoyishchilar, Grand Palasga to'g'ri yurishga boshladi.

Politsiyaning oraga kirishi natijasida taranglik maydonga keldi.

Namoyishlarga senator, deputat va boshqa vakillar ham qatnashdi.



Aloqador xabarlar