Tunis sohillari yaqinida muhojirlarga to’la kema cho'kib ketdi

Tunis sohillari yaqinida muhojirlarga to’la kemaning cho’kib ketishi oqibatida 46 kishi halok bo’ldi.

985390
Tunis sohillari yaqinida muhojirlarga to’la kema cho'kib ketdi

Tunis sohillari yaqinida muhojirlarga to’la kemaning cho’kib ketishi oqibatida 46 kishi halok bo’ldi.

Tunis mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat janubidagi Sfaks shahrida dengiz kuchlari 68 muhojirni qutqarishga muvaffaq bo’ldi. Bulardan 7 nafari xorij millatiga mansub ekani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Sfaks port shahriga qarashli Kerkene orolidan 5 dengiz mili uzoqligida kema halokatga uchrayotgani haqida xabar olingan. 

Shuningdek, 80 nafari afrikalik bo’lgan taxminan 180 kishini olib ketayotgan kemaning cho’ka boshlaganligi haqida xabar kelgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar jo'natilgan. Ayni vaqtda qutqaruv ishlari davom etmoqda.  

Tunis Italiya sohillariga yaqin masofada joylashganligi sababli, O’rta yer dengizida tahlikali safarga otlangan noqonuniy muhojirlarning asosiy manziliga aylangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Tunis , #kema , #fojia , #falokat

Aloqador xabarlar