Lowcock, gumanitar yordam yetkazib berish uchun Suriya rejimidan ruxsat so’radi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik ishlaridan mas’ul Bosh kotib o’rinbosari Mark Lowcock, Suriya rejimini gumanitar yordam yetkazib berish uchun ruxsat berishga chaqirdi.

982093

BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi insoniy vaziyat haqida ma’lumot bergan Lowcock, rejim kuchlarining nazoratiga o’tgan Sharqiy Gutaga oxirgi 2 hafta mobaynida 10 mingdan ortiq kishining qaytganligini, shu bois ham mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berishlikning ayni vaqti ekanligini qayd etdi.   

Lowcock, rejimning, Dumada 70 ming kishiga gumanitar yordam yetkazib berish uchun kelishganligini lekin haligacha ruxsat bermaganligini eslatdi.

Gumanitar yordam yetkazib berishlik uchun Suriya rejimini ruxsat berishlikka chaqirgan Lowcock, Idlibda ham insoniy vaziyatning xavf ostida ekanligini qayd etdi.   

Lowcock, shu yilning mart oyidan beri 80 ming kishining o’z uy-joyini tark etib Idlibga ketganligini va u yerda insoniy ehtiyojlari masalasida azop chekkanliklarini ifoda etdi.

Gumanitar yordam yetkazib berish uchun ruxsat berilishi kerakligini takrorlagan Lowcock,

“Humusning shimoli, Duma va Damashqning janubi kabi borilishi murakkab bo’lgan mintaqalarida shu yilning yanvar oyidan beri 2 million kishining 20 foizidan ham kamiga yordam yetkazib berildi” dedi.

Aloqador xabarlar