Dunyo musulmon olimlar ittifoqi G'azoda Isroil qatliomiga befarq bo'lmaslikka chaqirdi

Ittifoq dunyodagi barcha musulmonlarni Falastin xalqining azobini tindirishga g'ayrat qilish, diniy olimlarni va diniy tashkilotlarni mintaqadagi siyonist siyosatga qarshi kurashishga chaqirdi.

980952
Dunyo musulmon olimlar ittifoqi G'azoda Isroil qatliomiga befarq bo'lmaslikka chaqirdi

Dunyo musulmon olimlar ittifoqi Isroilning Falastin xalqiga nisbatan sodir qilgan jinoyatlarini qoralab, G’azodagi İsroil qamalining bekor qilinishini talab qildi.

Ittifoqning yozma izohida Isroilning Falastin xalqiga nisbatan sodir etgan vahshiy jinoyatlari insoniyatga nisbatan sodir etilgan buyuk jinoyat ekanligi qayd etildi.

Bu jinoyatlarga loqayd bo’lmaslik kerakligi bildirilgan izohda, qo’shni davlatlarni G’azo qamalini bekor qilishga chaqirdi.

Qolaversa, dunyodagi barcha musulmonlarni Falastin xalqining azobini tindirish uchun mehnat qilish, diniy olimlarni va diniy tashkilotlarni mintaqadagi siyonist siyosatga qarshi kurashishga chaqirdi.

Ma’lumki, falastinliklar 30 mart kunidan buyon qamal ostidagi G’azo Sheridi-Isroil chegarasida miting o’tkazmoqda.

Ular surgun qilingan vatan tuproqlariga qaytib kelishni va 2006 yildan beri G’azoga tadbiq etilayotgan noqonuniy qamalning bekor qilinishini talab qilmoqda.

Isroil askarlari o’z haq-huquqini talab qilgan tinch aholini qatl etmoqda.

Mitinglarda 110dan ortiq falastinlik halok bo’ldi, minglab inson yaralandi.

Bular orasida jurnalistlar va yosh bolalar ham bor.

Eslatish joizki, Falastinda 2006-yilda bo’lib o’tgan saylovlarda Hamas g’alaba qozonishi bilan Isroil G’azoni quruqlik, dengiz va havodan qamal qildi.

Yillar mobaynida xalqaro maydonda davom etayotgan e’tirozlarga qaramay, G’azo qamali o’z kuchini saqlab qolmoqda.

 



Aloqador xabarlar