Asad rejimi vertolyotlardan Idlib viloyatiga tahdidkor varaqalar tarqatdi

Varaqalarda halok bo’lgan bir kishining tasviri ustiga “Taqdiringni o’zing tanla” deb yozilganligi kuzatiladi.

980125
Asad rejimi vertolyotlardan Idlib viloyatiga tahdidkor varaqalar tarqatdi

Suriyada rejimga tegishli vertolyotlardan Idlib viloyatiga tahdidkor varaqalar tarqatildi.

Asad rejimi Idlib viloyatining Sermada hududi, Ram Hamdan qishlog’i va Kemmune qochqinlar lageriga vertolyotlardan aholini qo’rqituvchi varaqalar tarqatdi.

Varaqalarda halok bo’lgan bir kishining tasviri ustiga “Taqdiringni o’zing tanla!” deb yozilganligi kuzatiladi.

“Qo’lingda qurol bilan davom etish o’liklar tomonini tanlash demakdir. Agar yashashni xohlasang, qurolni tashla! Hayoting bilan qimor o’ynama! Boshqa chora yo’q. Yo qurolni tashla, yo mutlaqo o’lasan! Oxirgi shansdan foydalan! Qurolni tashla va vaziyatni tuzat!”,-degan so'zlar varaqalarda o'rin olgan.

Suriya shimolida joylashgan va Turkiyaga chegaradosh bo’lgan Idlib viloyati 2017 yilning 4-5 may kunlari bo’lib o’tgan Astana sammitida “keskinlikdan holi zona” deb e’lon qilingan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #varaqa , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar