Afg'onistonda Tolibon jangarilari 12 askarni o'ldirdi, 8 askarni garovga oldi

Hujum oqibatida 3 ta politsiya nazorat o'tkazish punkti Tolibon qo'liga o'tganligi aytilmoqda.

978312
Afg'onistonda Tolibon jangarilari 12 askarni o'ldirdi, 8 askarni garovga oldi

Afg'oniston shimolidagi Faryob viloyatida Tolibon terrorchilik harakati a'zolari harbiy nazorat o'tkazish punktiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 12 askar halok bo'ldi. 4 askar yaralandi.

Faryob viloyati sho'rosi rahbari Muhammad Toxir Rahmoniy bu haqda ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Tolibonga a'zo jangarilar Shirin Tegab Gorzad hududidagi harbiy ob'yektga hujum qilgan.

Rahmoniyning aytishicha, Tolibon jangarilari hujum paytida 8 nafar askarni asirga olgan.

Hujum oqibatida 3 ta politsiya nazorat o'tkazish punkti Tolibon qo'liga o'tganligi aytilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston , #hujum , #Faryob

Aloqador xabarlar