AQSh Eronni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotganlikda aybladi

Oq uy kotibi Sarah Sanders yozma bayonotida xalqaro hamjamiyatni Eronga tazyiqni kuchaytirishga chaqirdi.

969142
AQSh Eronni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotganlikda aybladi

AQSh Eronni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotganlikda aybladi.

Oq uy kotibi Sarah Sanders yozma bayonotida xalqaro hamjamiyatni Eronga tazyiqni kuchaytirishga chaqirdi.

Sanders Eron inqilobi qo’riqchilari korpusini Isroil fuqarolariga qarshi raketa hujumi sodir etganlikda ayblab, “Eron inqilobi qo’riqchilari o’z manbalarini Yaqin sharqda barqarorlikni buzishga sarf etmoqda”,-dedi.

Oq uy kotibi Eronning Yamandagi kuchlarini ham Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga raketa otganlikda aybladi.

Eron kuchlari chorshanba kuni Suriyadan Go’lan tepaliklaridagi harbiy bazalarga 20 ta raketa otganligini ilgari surgan Isroil bunga javoban Suriyada Eron kuchlariga oid ob’yektlarga zarba bergandi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham telefon orqali Donald Tramp bilan muloqot qildi.

Suhbat chog’ida, Eronning mintaqadagi barqarorlikni buzuvchi harakatlari muhokama qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #Eron , #Yaman , #Isroil

Aloqador xabarlar