Eron:Isroilning Eron ob'yektlariga hujumi davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga zarbadir

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiy Isroilning Suriyadagi Eron ob’yektlariga qarata berilgan raketa zarbalarini qoraladi.

968755

Uning fikricha, bu hodisaga nisbatan xalqaro hamjamiyatning jim-jitligi Isroilni tajovuzkorlikka tashviq etadi.

Qosimiy Isroilning qilmishini tajovuzkorlik hamda davlat suverenitetiga zarba deb baholaydi.

“Sionistik rejimning Suriya hududlariga davom etayotgan zarbalari mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligining qo'pol tarzda buzilishiga teng hisoblanadi, ayniqsa so'nggi kunlardagi tajovuzkorlik barcha xalqaro normalar, qoidalar va standartlarga to’g’ri kelmaydi”, - deya ma’lum qildi Bahrom Qosimiy.

U xalqaro hamjamiyatni Isroilning zarbalariga nisbatan jim-jitligicha qolayotganlikda aybladi.

Eslatib o'tamiz, Isroil qo’shini chorshanba kuni oqshomda Eron kuchlarining Suriyadan Isroilga tomon taxminan 20 ta raketa otganligini iddao qilgandi.

Bunga javoban Isroil Suriyada Eron kuchlari joylashgan 26 ta ob’yektga raketa va zambaraklar bilan hujum qilgan edi.

Eron esa, bu haqidagi iddaolarning yolg’on ekanligini ilgari surgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Eron , #Isroil , #Suriya , #zarba

Aloqador xabarlar