AQSh moliya vazirligi Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Hasan Ruhoniy: “Eronga qarshi AQShning sanktsiyalari BMT xavfsizlik kengashining 2231-sonli qarori va xalqaro normalarga hilofdir”,-dedi.

968452
AQSh moliya vazirligi Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqishi ortidan moliya vazirligi Eronga nisbatan navbatdagi sanktsiyalarni e’lon qildi.

AQSh moliya vazirligi Eronning Islom inqilobi qo'riqchilari korpusiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Sanktsiyalar ro'yxatiga 6 jismoniy shaxs va 3 kompaniya kiritilgan.

Qarorda Meghdad Amini, Muhammad Hasan Hudai, Said Najafpur, Mesud Nikbaht, Fuad Salihiy va Muhammad Rizo Hedmati Valadzaghard ismli 6 nafar shaxs Islom inqilobi qo'riqchilari korpusining Al-Qudsdagi kuchiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Eronlik general Qosim Sulaymoniy boshchiligidagi Al-Quds kuchi 2007 yildan buyon AQSh tomonidan “terror homiylari” ro’yxatiga kiritilgandi.

Moliya vazirligi ma’lum qilishicha, AQSh bilan BAA Islom inqilobi qo'riqchilari korpusining Al-Qudsdagi kuchiga millionlab dollar pul o’tkazilishini ta’minlagan uyushgan to’dani yo’q qilgan.

Navbatdagi sanktsiyalar bilan bog’liq bayonot bergan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy: “Eronga qarshi AQShning sanktsiyalari BMT xavfsizlik kengashining 2231-sonli qarori va xalqaro normalarga hilofdir”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar