Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbolga suiqasd...

Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbol Panjob viloyatiga qarashli Naroval shahridagi mitingda qurolli hujumga uchradi.

965296
Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbolga suiqasd...

Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbol Panjob viloyatiga qarashli Naroval shahridagi mitingda qurolli hujumga uchradi.

Bu haqda Pokiston davlat radiosi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, suiqasd jarayonida ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbol o’ng qo’lidan jarohatlangan.

U shoshilinch ravishda Lahordagi shifoxonaga yotkizilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea miting paytida yuz bergan. Suiqasdni sodir qilgan shaxs 20-22 yoshlarda bo’lib, u xozirda tergovda so’roq qilinmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, bu shaxs 20 metrlik masofadan turib vazirga to'pponchadan o’q uzgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda Iqbolning vaziyati yaxshi va uning hayoti xavf ostida emas.

Jinoyatning nima sababdan sodir etilgani tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Ahsan Iqbol , #Panjob , #suiqasd

Aloqador xabarlar