Trump Janubiy Koreyadagi Amerika askarlari sonini kamaytirish niyatida

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Janubiy Koreyadagi Amerika askarlari sonini kamaytirish niyatida.

963875
Trump Janubiy Koreyadagi Amerika askarlari sonini kamaytirish niyatida

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Janubiy Koreyadagi Amerika askarlari sonini kamaytirish niyatida.

New York Times gazetasida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Trump Pentagonga, Janubiy Koreyadagi 28 ming 500 nafar askarning sonini kamaytirish uchun kerakli yo’l-yo’riqni tayyorlashni buyurdi.

Trumpning bir necha hafta ichida Shimoliy Koreya lideri Kim Jong Un bilan uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda lekin bu talabning Shimoliy Koreya lideri Kim Jong Undan kelmaganligini aytib o’tish darkor.  

Yani rasmiylarning ta’kidlashicha AQShning bu rejasi savdolashish maqsadida emasdir.

Ma’lumotga ko’ra Oq uy rasmiylari amerikalik askarlarning Janubiy Koreyani butunlay tark etishi imkonsiz ekanligini ham ta’kidlaganlar.  

Janubiy Koreya Prezidentlik apparati voizi Eu Jae-kyeom, “Janubiy Koreyada xizmat qilayotgan AQSh askarlari Janubiy Koreya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi ittifoq masalasi hisoblanadi. Ularning tinchlik shartnomalariga qo’l qo’yish bilan aloqasi yo’qdir” degan so’zlari orqali AQSh askarlarining mintaqani tark etmasligini qayd etgan edi.

Aytib o’tish joizki Janubiy Koreya Davlat rahbari Moon Jae-in va Shimoliy Koreya lideri Kim Jong-un 27-aprel kuni ikki mamlakat chegarasidagi Panmunjom qishlog’ida uchrashuv o’tkazgan edi.

Liderlar Koreya yarimorolida doimiy tinchlikning ta’minlanishi uchun shaxdam qadamlar tashlab, yarimorolni yadroviy qurollardan holi qilish bo’yicha kelishib olgan.

 



Aloqador xabarlar