Nikol Pashinyan, parlamentda ovoz qo’yish natijasida yetarli ovoz ola olmadi.

Armanistonda, Bosh vazirlik saylovlariga  birgina nomzod sifatida muxolif lider Nikol Pashinyan, parlamentda ovoz qo’yish natijasida yetarli ovoz ola olmadi

962357
Nikol Pashinyan, parlamentda ovoz qo’yish natijasida yetarli ovoz ola olmadi.

Armanistonda, Bosh vazirlik saylovlariga  birgina nomzod sifatida muxolif lider Nikol Pashinyan, parlamentda ovoz qo’yish natijasida yetarli ovoz ola olmadi.

53 “ qabul” ovoziga  ehtiyoj bo’lgan muxolif lider, 45 deputatning himoyasini oldi.

Parlamentda  ko’pchilikni  tashkil etgan  Respublikachi partiya vakillarning barchasi “ rad” ovozi berdi.

 Ovoz berish jarayonidan keyin ma’ruza qilgan Pashinyan,

“Muammo menim saylanishim emas. Muammo, siz  xalqning g’alabasini istab istamaslik masalasi.

“ Ushbu g’alabani to’xta olmasligingizni  siz ham  juda yaxshi bilasiz. Keng ko’lamli maslahatlar asosida, o’tkinchi  milliy kelishuv hukumati tuzish  faoliyatlarini  boshlash va kadr o’zgarishiga to’siq bo’lishni va’da qilaman” dedi.

Konstitutsiyaga ko’ra, yangi ovozga qo’yish ishi 7 kundan keyin o’tkazilishi kutilmoqda.

Agar ikkinchi ovozga qo’yishdan natija chiqmasa parlament o’zidan o’zi bekor qilinadi.

Pashinyanning himoyachilari natijalarning  e’loni sababli, noroziliklar namoyishlarini  “ g’alabagacha” davom ettirishni va’da qildilar.

O’zini himoya qilganlar bilan uchrashgan Pashinayan esa, barcha davlat tashkilotlarini  umumiy  ish tashlashga chaqirdi.

Himoyachilariga “ tinchlik sevar namoyishlar doirasida” ko’chalar aviatsiyalar va poyezd stansiyalarini” to’siq bo’lishga chaqirgan Pashinyan, Armaniston politsiyasini ham harakatga ishtirok etishga chaqirdi.

Sobiq davlat prezidenti Serj Sarkisyan, Parlamentda bosh vazir saylanishi tufayli boshlagan norozilik namoyishlari tufayli 23- aprelda  iste’foga  chiqmoq majburiyatida qolgan edi.

Muxoliflar, Sarkisyan bosh vazirlikka nomzod bo’lgan kundan beri  namoyish uyushtirilib kelmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Nikol Pashinyan , #Saylov

Aloqador xabarlar